Eron internetdan butunlay uzildi
Fuqarolarning tashqi internet resurslariga kirishi murakkablashtirilgan.

Eron internetga kirishni butunlay cheklab qo‘ydi. Bu holat Isroil bilan davom etayotgan harbiy mojarolar va raketa zarbalari fonida yuzaga keldi.
NetBlocks tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, real vaqt rejimidagi tarmoq kuzatuvlari Eron interneti to‘liq deyarli o‘chirilganini ko‘rsatmoqda. Tashkilot ilgari ham qisqa uzilishlar qayd etilganini bildirgan.
Keyinchalik Eron Aloqa vazirligi mamlakat ichki tarmog‘iga kirishda cheklovlar joriy etilganini rasman tasdiqladi. Fuqarolarning tashqi internet resurslariga kirishi murakkablashtirilgan.
13-iyun kuni Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiyani boshlagach, ikki davlat o‘rtasidagi keskinlik kuchaygan. Hozirgi mojaroda har ikki tomondan o‘nlab qurbonlar qayd etilgan.







