Jahon

Kanada Qurolli Kuchlari ayanchli ahvolda

Ottava o‘z armiyasini eskirgan qurollar bilan qoldirdi.

Kanada Qurolli Kuchlari ayanchli ahvolda

 

Kanada Qurolli Kuchlari jiddiy qurollanish muammolari bilan yuzma-yuz turibdi. Harbiy sohaga ixtisoslashgan mutaxassislar Kanada va Ukraina armiyalari qurollanish darajasini taqqoslab, Ottava o‘zidagi harbiy kuchlarni zamonaviy texnikalarsiz qoldirib, eng ilg‘or tizimlarni Ukrainaga yuborganini tanqid qilishmoqda.

 

Gazeta kolumnisti Toni Kellerning yozishicha, dunyodagi harbiy mojarolar, jumladan, Ukraina-Rossiya urushi, Isroil va HAMAS, Hizbulloh, Eron, Hutiylar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Kanada bu kabi tahdidlarga tayyor emas.

 

“Yillar davomida e’tiborsizlik natijasida Kanada armiyasi yomon ahvolda. Ular yaxshi jihozlanmagan va ko‘plab muhim qurollardan butunlay mahrum”, — deb yozadi Keller.

 

Misol uchun, Kanada 2022-yilda NASAMS havo hujumidan mudofaa tizimini sotib olgan, biroq bu tizim armiyaga emas, balki Ukrainaga topshirilgan. Bugungi kunda Kanada armiyasida zamonaviy havo hujumidan himoya tizimlari yo‘q.

 

Tankga qarshi zamonaviy qurollar borasida ham vaziyat og‘ir: Ukraina urushning boshida Javelin va AT4 kabi ilg‘or tizimlardan foydalangan bo‘lsa, Kanada faqat eskirgan qurollar bilan cheklangan.

 

Ottava yaqinda Latviyada joylashgan harbiy bo‘linmalari uchun Shvetsiyaning RBS 70 va Isroilning Spike raketalarini sotib oldi, ammo bu qurollar Kanada ichkarisidagi harbiy tuzilmalarga yetkazilmagan.

 

Kelgusida urushlar tobora assimetrik tus olayotgani, ya’ni dronlar, dasturiy yechimlar va sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etayotgani ham qayd etilgan. Kanada bu borada sun’iy intellekt sohasida ilg‘or bo‘lishiga qaramay, harbiy jihatdan orqada qolmoqda.

 

“Kanada bugungi zamonaviy, xavfli va murakkab dunyoda o‘zini himoya qilish uchun yetarli darajada qurollanmagan. Mudofaa xarajatlarini YaIMning 2 foizigacha oshirish rejasi kechikayotgan bo‘lsa-da, baribir amalga oshirilishi zarur”, — deyiladi xabarlarda.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Kanada Qurolli Kuchlari ayanchli ahvolda | Zamon.uz