Jahon

Pavel Durov Tramp siyosatini tanqid qildi

Uni ijtimoiy tarmoqlardan bloklashni xavfli deb atadi.

Pavel Durov Tramp siyosatini tanqid qildi

 

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov AQSh prezidenti Donald Trampning siyosatini tanqid qilib, u qilgan ishlarning ko‘p qismini ma’qullamasligini bildirdi. Bu haqda u Fransiyaning Le Point gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

 

“Men Trampning barcha harakatlarini qo‘llab-quvvatlamayman, lekin uni ijtimoiy tarmoqlardan bloklash — bu katta xato, hattoki juda xavfli hodisa deb hisoblayman. Bu holat muhim bir pretsedent yaratdi”, — dedi Durov.

 

U 2021-yilda Trampning ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy ravishda bloklanishini eslatib o‘tdi. Durovga ko‘ra, o‘sha vaqtda jamoatchilik bunga ruxsat bergani tufayli, endilikda har qanday inson bunday xavf ostida qolishi mumkin.

 

“Agar bir mamlakatning prezidentini internetdan o‘chirib tashlash mumkin bo‘lsa, oddiy odamlar undan ham ko‘proq himoyasiz qoladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

 

Durovning bu bayonoti ijtimoiy tarmoqlar va so‘z erkinligi mavzusida davom etayotgan global munozaralarda yana bir bor muhim nuqtaga e’tibor qaratdi.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"