Jahon

Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

Rossiya rahbari Ukraina prezidenti bilan muzokaraga ochiqligini bildirdi.

Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o'tkazishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida xalqaro axborot agentliklari rahbarlari bilan bo‘lgan uchrashuvda bayon qildi, deb xabar beradi RBK manbasi.

 

Putinning aytishicha, u Zelenskiy bilan uchrashuvni istisno qilmaydi, biroq Kievda bunday uchrashuv yakunlari bo‘yicha bitim imzolash vakolati bor-yo‘qligi masalasida shubhalari borligini ta’kidladi.

 

“Agar bu uchrashuv shunchaki o'tirish yoki gapni cho‘zish uchun emas, balki muhokamalarga nuqta qo‘yishning yakuniy bosqichi bo‘lsa — u holda mumkin”, — dedi Putin.

 

Shuningdek, Rossiya rahbari Moskva va Kiyev muzokarachilari o‘rtasidagi aloqalar davom etayotganini ma’lum qildi. Navbatdagi uchrashuv 22-iyundan keyin bo‘lishi mumkin.

 

Putin, shuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an va tashqi ishlar vaziri Hakan Fidanning Ukraina bilan muzokaralarda ko‘rsatayotgan vositachilik sa’y-harakatlarini yuqori baholab, minnatdorchilik bildirdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"