Yaponiyaning 20 mlrd dollarlik xatosi
Kansai xalqaro aeroporti 31 yil davomida 12 metrga cho‘kkan.

Yaponiyada 1994-yilda sun’iy orolda qurilgan Kansai xalqaro aeroporti zamonaviy davrning eng qimmat muhandislik xatolaridan biri sifatida tilga olinmoqda.
So‘nggi 31 yil davomida aeroport platformasi 12 metrga cho‘kkan. Mutaxassislar prognoziga ko‘ra, u 2056-yilga borib dengiz sathiga tenglashadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu loyiha uchun Yaponiya hukumati 20 milliard dollar sarflagan.
Shunga qaramay, aeroport hali ham faoliyat yuritmoqda va hukumat cho‘kish jarayonini sekinlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.







