Jahon

Eronning yadroviy qurol xavfi kuchaymoqda

Eron bir necha hafta ichida yadro qurolini yaratishi mumkin.

Eronning yadroviy qurol xavfi kuchaymoqda

 

AQSh rasmiylari Erondagi yadroviy salohiyat borasida jiddiy xavotir bildirishmoqda. Oq uy matbuot kotibi Kerolin Leavittning so‘zlariga ko‘ra, agar Eron rahbariyati tegishli qaror qabul qilsa, mamlakat “bir necha hafta ichida” yadro qurolini yaratish imkoniyatiga ega.

 

Ma'lum qilinishicha, Leavitt bu fikrni jurnalistlar uchun o‘tkazilgan navbatdagi brifingda bildirgan.

 

“Eron yadro qurolini ishlab chiqish uchun barcha zarur texnologik imkoniyatlarga ega. Buning uchun faqat oliy rahbarning ruxsati kerak. Yadro qurolining ishlab chiqarilishi esa bir necha hafta vaqt oladi. Bu holat nafaqat Isroil, balki AQSh va butun dunyo uchun ekzistensial tahdid hisoblanadi”, — dedi Leavitt.

 

Shuningdek, u xalqaro hamjamiyat, jumladan Rossiya kabi yirik davlatlar ham Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi borasida yagona fikrda ekanini ta’kidladi.

 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ham Eronga qarshi ehtimoliy harbiy zarba berish imkoniyatini istisno qilmagan edi. Oq uy matbuot kotibasi Trumpning bayonotini eslatib, u yaqin ikki hafta ichida zarbalar bo‘yicha qaror qabul qilishi mumkinligini aytib o‘tdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"