Jahon

Havo ifloslanishi saratondan xavfliroq bo‘lishi mumkin

Buyuk Britaniyada har hafta 500 kishi zaharli havo qurboni bo‘lmoqda.

Havo ifloslanishi saratondan xavfliroq bo‘lishi mumkin

 

Buyuk Britaniyada havoning ifloslanishi nafaqat ekologik, balki jiddiy sog‘liqni saqlash va iqtisodiy inqirozga aylangan. Qirollik shifokorlar kolleji tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, har hafta 500 dan ortiq fuqarolar zaharli havo oqibatida hayotdan ko‘z yumadi. Yillik hisobda bu raqam 30 mingdan ortadi.

 

The Guardian nashrining yozishicha, ushbu fojiali statistika atrof-muhitdagi ifloslanish, mehnat unumdorligining pasayishi, surunkali kasalliklar va sog‘liqni tiklash uchun qilinayotgan ulkan xarajatlarga bog‘liq. Faqat havo ifloslanishining o‘zi haftasiga mamlakat byudjetiga 500 million funt sterlingdan ortiq zarar yetkazmoqda.

 

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, havodagi zararli moddalarning hatto eng past miqdori ham inson organizmiga – ayniqsa yurak-qon tomir, nafas yo‘llari, ruhiy holat va miya faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Zaharli havo britaniyaliklarning o‘rtacha umrini 1,8 yilga qisqartirishi mumkin.

 

Ekspertlarning ogohlantirishicha, havoning ifloslanishi dunyodagi eng xavfli o‘lim sabablaridan biriga aylanib bormoqda — saraton va chekishdan keyin uchinchi o‘rinda turadi.

 

Shu sababli, tibbiyot mutaxassislari hukumatni bu muammoni milliy sog‘liqni saqlash inqirozi sifatida tan olishga va qat’iy choralar ko‘rishga chaqirmoqda. Rasmiy raqamlarga ko‘ra, har yili mamlakat iqtisodiyoti atrof-muhit sababli 27 milliard funt sterling zarar ko‘radi.

 

Britaniya hukumati javoban 575 million funt ajratilganini bildirgan va bu yo‘nalishda kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilayotganini ma’lum qilgan. Biroq ekspertlar bu yetarli emasligini va muammo tubdan hal qilinmaguncha inson salomatligiga xavf saqlanishini ta’kidlamoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Havo ifloslanishi saratondan xavfliroq bo‘lishi mumkin | Zamon.uz