Ilon Mask Rossiyadan siyosiy boshpana so‘radi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga ariza kelib tushgan.

Mashhur amerikalik milliarder va SpaceX asoschisi Ilon Mask Rossiyadan siyosiy boshpana so‘rab murojaat qilgani haqida xabar berildi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Maskning siyosiy boshpana so‘rovi bo‘yicha arizasini olgan va bir oy ichida bu masalada rasmiy javob berilishi kutilmoqda.
Davankov Maskning ayrim harakatlarini “xato” deb atadi, biroq bu xatolarni kechirish mumkinligini ham ta’kidladi. “Agar bu safar bu ish amalga oshmasa ham, biz uni doimo Rossiyada kutamiz. U texnologiya va uzoqni ko‘ra bilish borasida noyob iste’dod egasi”, — dedi u.
Hozircha Ilon Mask bu masalada shaxsan izoh bermagan. U ilgari Twitter’dagi siyosiy bayonotlari va AQSh hukumati bilan kelishmovchiliklari sabab ko‘p bora tanqid ostida qolgan edi.







