Isroilda yoqilg‘i inqirozi boshlandi
Mamlakatda benzin uchun navbatlar yuzaga kelmoqda.

Isroil jamoatchiligi orasida Eron bilan yuzaga kelgan harbiy keskinlik fonida yoqilg‘i taqchilligi kuzatilmoqda. Mamlakatda benzin uchun navbatlar uzaymoqda, ayrim joylarda esa odamlar hatto yonilg‘i uchun mushtlashishga ham borayotganliklari aytilmoqda.
Tahlilchilarning fikricha, bu holat Xurmuz bo‘g‘ozining yopilishi xavfi bilan bog‘liq. Aynan shu dengiz yo‘li orqali dunyo bo‘yicha katta miqdordagi neft tashiladi. Bo‘g‘oz yopilishi global miqyosda yoqilg‘i ta'minotiga katta zarba berishi mumkin.
Isroilda benzin quyish shoxobchalarida navbatlar paydo bo‘lgan. Aholi orasida vahima kuchaygan: ko‘pchilik yonilg‘i zaxiralarini yig‘ib olishga urinmoqda. Hukumat esa aholini vahimaga tushmaslikka chaqirib, yonilg‘i zaxiralari nazorat ostida ekanini bildirdi.
Mutaxassislar bu kabi inqiroz holatlari boshqa mamlakatlarda ham kuzatilishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Ayniqsa, Xurmuz bo‘g‘ozi yopilsa, bu butun dunyo yoqilg‘i bozoriga ta’sir qiladi.







