Jahon

Ukraina rahbari Putin bilan uchrashishga tayyor

Zelenskiy urushni 2029-yilgacha tugatish niyatida ekanini bildirdi.

Ukraina rahbari Putin bilan uchrashishga tayyor

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan urush 2029-yilgacha, ya’ni AQSh prezidenti Donald Trampning ikkinchi prezidentlik muddati tugashidan oldin yakunlanishi kerakligini ta’kidladi.

 

Ma'lum qilinishicha, Zelenskiy bu fikrni o‘zining navbatdagi kechki videomurojaatida bayon qilgan.

 

“Hech qanday ultimatum bo‘lmasligi kerak. Bizga haqiqiy sulh kerak. Urushni adolatli yakunlash zarur. Ukraina eng yuqori darajadagi muzokaralarga tayyor, bu daraja esa qarorlar qabul qilish bosqichidir. Men Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashishga tayyorman — agar u qarorlar qabul qila oladigan bo‘lsa”, — dedi Zelenskiy.

 

Ukraina rahbari shuningdek, AQShning hozirgi prezidenti Donald Trampga katta umid bog‘layotganini ham bildirgan.

 

“Biz urushni Trampning prezidentligi davrida tugatmoqchimiz. Men uning yordami va AQShning global ta’sir kuchiga juda ishonaman. Bizga sanksiyalar, diplomatiya va xavfsizlik kafolatlari kerak”, — deya ta’kidladi u.

 

Eslatib o‘tamiz, AQShda 47-prezident sifatida qayta saylansa, Donald Trampning ikkinchi muddatidagi prezidentligi 2029-yil 20-yanvarda yakunlanadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ukraina rahbari Putin bilan uchrashishga tayyor | Zamon.uz