Vladimir Putin multfilm qahramoniga aylanishi mumkin
Putin “Prostokvashino” qahramoni sifatida paydo bo‘lishi mumkin.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mashhur multfilm – “Prostokvashino” syujetiga kirib, animatsion qahramonga aylanishi mumkin.
Maʼlum qilinishicha, bu haqda “Soyuzmultfilm” direktorlar kengashi raisi Yuliana Slashchyova Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida maʼlum qilgan.
Uning taʼkidlashicha, bu g‘oya Rossiya madaniyatini xorijda targ‘ib qilish, yaʼni “yumshoq kuch” strategiyasining bir qismi sifatida ko‘rilmoqda. Putin va mushuk Matroskin dueti butun dunyo tomoshabinlariga yoqishi mumkin bo‘lgan yorqin, noodatiy va esda qolarli tandem sifatida tasvirlanmoqda.
Muhokama mavzusiga Indoneziyaning Modena Sorporation vakili Maykl Jizaraning nutqi sabab bo‘lgan. U Osiyo mamlakatlarida Rossiya madaniyatini yana-da faol targ‘ib etishni taklif qilgan.
Qayd etilishicha, “Prostokvashino” bugungi kunda mashhurlik jihatidan hatto “Masha va Ayiq” multfilmidan ham o‘zib ketgan.







