Xitoy rekord darajadagi neft zaxirasini yig‘di
Yaqin Sharqdagi beqarorlik fonida Xitoy energetik xavfsizlikni mustahkamladi.

Xitoy yaqin Sharqdagi keskinlik fonida energetik xavfsizligini taʼminlash yo‘lida katta qadam tashladi: mamlakat neft zaxiralarini tarixda ilk bor 1.18 milliard barrelgacha oshirdi. Bu haqda Mysteel OilChem va Kayros kompaniyalari xabar berdi.
Eron neftining eng yirik isteʼmolchilaridan biri bo‘lgan Xitoydagi kichik va o‘rta neftni qayta ishlash zavodlari – “choynaklar” deb ataluvchi mustaqil korxonalar – hozirda taʼminotdagi uzilishlar yuz bersa ham, muqobil manbalarni izlashga ehtiyoj sezmayapti.
Ayni paytda ularning ishlab chiqarish quvvati atigi 45 foiz atrofida ishlamoqda – bu esa so‘nggi uch oy ichidagi eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Energy Aspects tahlilchisi Tszyanan San buni "zaxiralar shunchalik ko‘pki, favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasi yuqori", deya izohladi.
Ushbu harakat Xitoyning uzoq muddatli energiya strategiyasi va global geosiyosiy beqarorlik sharoitida o‘z manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligi bilan izohlanmoqda.







