Jahon

Eronda internet muammosi davom etmoqda

Ayni paytda Eronning ko‘plab shaharlarida aloqa va axborot oqimi cheklangan.

Eronda internet muammosi davom etmoqda

Yaqin Sharqda keskinlik kuchaygan bir paytda Eron 60 soatdan ortiq vaqt davomida internetsiz qolmoqda. Bu holat fuqarolar va tashkilotlar o‘rtasidagi muloqotni jiddiy cheklab qo‘ydi.

 

Bu haqda internet erkinligi, senzura va texnologik xavfsizlikni kuzatuvchi xalqaro monitoring tashkiloti — NetBlocks ma’lum qildi. Ularning qayd etishicha, mamlakatda internetga kirish deyarli to‘liq to‘xtagan.

 

Mahalliy manbalar xabariga ko‘ra, internetning uzilishi ijtimoiy tarmoqlarda axborot tarqalishini to‘xtatish va norozilik kayfiyatining oldini olishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Ayni paytda Eronning ko‘plab shaharlarida aloqa va axborot oqimi cheklangan.

 

Eslatib o‘tamiz, Eron hukumati internetga kirish cheklovlarini mamlakatda joriy etilgan favqulodda holat bilan asoslagan. Rasmiylar buni milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur choralar sifatida ko‘rsatmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"