Jahon

Oxirgi kunlarda qancha eronlik yadro olimi halok bo'ldi?

Bu haqda Isroil mahalliy telekanallari xabar bergan.

Oxirgi kunlarda qancha eronlik yadro olimi halok bo'ldi?

2025-yil 13-iyundan boshlab Isroil Eron hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy zarbalarni boshladi. Isroilning Channel 12 telekanali xabariga ko‘ra, bu hujumlar natijasida 17 nafar yetakchi eronlik yadro olimi halok bo‘lgan.

 

Halok bo‘lgan olimlarning aksariyati maxsus himoyalangan “xavfsiz uylar”da nishonga olingan. Shu vaqt ichida Eron hukumati ham o‘nlab josuslar va agentlarni qo‘lga olganini e’lon qilgan.

 

Ayni damda Isroil harbiy-havo kuchlari Eron janubi-g‘arbidagi harbiy infratuzilmalarga zarba bermoqda. Shuningdek, Sheroz, Qum va Isfahon kabi yirik shaharlardagi harbiy va yadroviy obyektlar ham hujumga uchragan.

 

Qumdagi zarbalar oqibatida ikki kishi, jumladan, 16 yoshli o‘smir halok bo‘lgan, to‘rt kishi yaralangan. Isfahonda esa portlashlar va havo mudofaa tizimlarining faollashgani qayd etilgan. Mazkur hududda Eronning eng yirik yadroviy tadqiqot majmuasi joylashgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Oxirgi kunlarda qancha eronlik yadro olimi halok bo'ldi? | Zamon.uz