Jahon

Yerda halokatli ob-havo hodisalari keskin oshdi

Qurg‘oqchilik va suv toshqini holatlari ortmoqda.

Yerda halokatli ob-havo hodisalari keskin oshdi

So‘nggi besh yil ichida Yer yuzida haddan tashqari ob-havo hodisalari — suv toshqinlari, qurg‘oqchilik va boshqa falokatlar — tez-tez, uzoq davom etuvchi va yanada vayronkor shaklda yuz bermoqda. Bu haqda NASA ma’lumotlariga asoslangan yangi tadqiqotda ma'lum qilindi. 

 

Tadqiqot mualliflari NASA’ning GRACE sun’iy yo‘ldosh missiyasi orqali kuzatilgan ekologik o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, natijalardan hayratda va tashvishda qolganliklarini bildirgan.

 

Ularning fikricha, bu o‘zgarishlarning eng ehtimoliy sababi — iqlim o‘zgarishi. Ammo shuni alohida ta’kidlashadiki, bu hodisalarning kuchayishi global haroratning ortishidan ham tezroq kechmoqda.

 

Tadqiqot hozircha ilmiy rasmiy ekspertizadan o‘tmagan, ammo olimlar yakuniy xulosaga kelish uchun kamida yana o‘n yil kerakligini aytmoqda. Shu bilan birga, ular mavjud dalillar haddan tashqari hodisalarning ortishida global isish asosiy omil bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatishini ta’kidlashmoqda.

 

NASA Goddard kosmik markazining gidrologiya bo‘limi olimi Beyling Li shunday dedi: “Biz bu o‘zgarishlar ortida aynan nima turganini hali aniq ayta olmaymiz, ammo issiqlik — eng katta gumondor. Yangi ma’lumotlar bizni jiddiy tashvishga solmoqda”.

 

Bo‘lim rahbari Metyu Rodell esa ehtiyotkorlik bilan fikr bildirib, ma’lumotlar hanuz o‘rganilishi kerakligini aytdi, lekin: “Ha, bu juda qo‘rqinchli holat,” — deya tan oldi u.

 

Avvalroq tadqiqotchilar NASA’ning ilgari to‘plangan ma’lumotlarini ham tahlil qilib, suv toshqini yoki qurg‘oqchiliklar kabi hodisalarning kuchini aniqlash uchun maxsus matematik modeldan foydalangan. Bu model voqea davomiyligi, qamrov maydoni va namlik darajasini hisobga olgan.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Yerda halokatli ob-havo hodisalari keskin oshdi | Zamon.uz