Jahon

Britaniya hukumati sayt rebrendingiga 673 ming dollar sarfladi

Rebrending doirasida fon rangi qoradan ko‘kka o‘zgartirilgan.

Britaniya hukumati sayt rebrendingiga 673 ming dollar sarfladi

Britaniya hukumati rasmiy gov.uk saytining dizaynini yangilash uchun qariyb 673 ming dollar (532 ming funt sterling) sarfladi. Daily Mail nashrining yozishicha, rebrending doirasida fon rangi qoradan ko‘kka o‘zgartirildi, domendagi nuqta esa markaziy holatga ko‘chirildi.

 

Loyiha xalqaro reklama agentligi M&C Saatchi tomonidan amalga oshirilib, umumiy shartnomalar qiymati 750 ming funtgacha baholangan. Xarajatlar davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.

 

Bu yangilanish ijtimoiy tarmoqlarda va davlat xizmatchilari forumlarida tanqidlarga uchradi. Ayrim foydalanuvchilar: “Kimdir chindan ham nuqtani surish uchun pul oldimi?”, — deb istehzo bilan yozishdi. Boshqalar esa yangi dizaynni “arzonkor”, “nojo‘ya” va “diqqatdan holi” deb atadi.

 

Reform UK partiyasi vakili Zia Yusuf bu harakatni “soliq to‘lovchilarga nisbatan ochiq hurmatsizlik” deb baholadi. Hukumatsiz tashkilotlar ham bu xarajatni keraksiz deb hisoblab, hukumatni asosiy xizmatlarga emas, “ko‘rinishga” e’tibor qaratayotganlikda aybladi.

 

Rasmiylar esa xarajatlarni oqlab, rebrending nafaqat logotip, balki butun veb, mobil va ilova platformalari uchun kengaytirilgan vizual o‘zgarishlarni ham o‘z ichiga olganini ta’kidlashdi. Sayt oxirgi bor 2012-yilda yangilangan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Britaniya hukumati sayt rebrendingiga 673 ming dollar sarfladi | Zamon.uz