Jahon

Rossiya AQShning Eron bo‘yicha hujumlarini keskin qoraladi

AQSh o‘z hukmronligini saqlab qolish uchun har qanday jinoyatga tayyor.

Rossiya AQShning Eron bo‘yicha hujumlarini keskin qoraladi

 

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya AQShni “o‘zining global hukmronligini saqlab qolish” maqsadida “har qanday jinoyatlarga” tayyorlikda aybladi. Bu haqda u Eronning so‘rovi bilan chaqirilgan BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishida bayon qildi.

 

O‘tgan o‘n kun ichida Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi Eron yadroviy infratuzilmasiga berilgan zarbalar butun mintaqa va hatto global miqyosda oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. Shunga qaramay, Vashingtonni na radiatsion oqibatlar, na minglab tinch aholi hayoti va sog‘lig‘iga tahdid qiziqtirmoqda, — dedi Vasiliy Nebenzya.

 

AQSh o‘zining global g‘oyaviy va siyosiy ustunligini saqlab qolish uchun xalqaro huquqni buzib, istalgan jinoyatga qo‘l urishga tayyor ekanligini yana bir bor isbotladi, — deya qo‘shimcha qildi u va Rossiya bu hujumlarni “eng qat’iy tarzda” qoralashini ta’kidladi.

 

22-iyunga o‘tar kechasi AQSh havo kuchlari Eronning Natanz, Fordo va Isfahon shaharlaridagi yadro obyektlariga keng ko‘lamli zarbalar berdi. MAGATE zarbalar oqibatida radiatsiya chiqishi qayd etilmaganini ma’lum qildi. Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian AQShning bu hujumlariga albatta javob bo‘lishi kerakligini aytdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya AQShning Eron bo‘yicha hujumlarini keskin qoraladi | Zamon.uz