Jahon

Rossiyada xorijliklar uchun ijtimoiy sug‘urta tizimi qayta ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya chet ellik ishchilarning sug‘urta nafaqasiga kirish shartlarini o‘zgartirmoqchi.

Rossiyada xorijliklar uchun ijtimoiy sug‘urta tizimi qayta ko‘rib chiqilmoqda

 

Rossiya Davlat Dumasida ko‘rib chiqilayotgan yangi qonun loyihasiga ko‘ra, Rossiyada mehnat qilayotgan chet el fuqarolari faqatgina olti oylik sug‘urta stajiga ega bo‘lsalargina kasallik ta’tili uchun to‘lov olish huquqiga ega bo‘ladilar.

 

Bu haqda Davlat Dumasining Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Yaroslav Nilov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi qonunchilik barcha chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ijtimoiy sug‘urta tizimida qatnashishini nazarda tutadi. Shu bilan birga, vaqtinchalik yashash huquqiga ega shaxslar va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOI) a’zosi bo‘lgan davlatlarning fuqarolari Rossiya fuqarolari bilan teng shartlarda ijtimoiy kafolatlardan foydalanmoqda. Bu esa, ijtimoiy fond byudjetiga ortiqcha bosim yuklayotgani ta’kidlandi.

 

Yangi qonun loyihasi ushbu tizimni optimallashtirish, moliyaviy barqarorlikni saqlashga qaratilgan. Loyihaga ko‘ra, sug‘urta mukofotlari kasallik hodisasi yuz berishidan kamida olti oy oldin to‘langan bo‘lishi shart etib belgilanmoqda.

 

Biroq, onalik nafaqasi uchun eng kam yillik sug‘urta staji talab etilishi hali ham saqlab qolinadi. Belarus fuqarolari va boshqa mamlakatlarning yuqori malakali mutaxassislari bu cheklovlardan mustasno etiladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyada xorijliklar uchun ijtimoiy sug‘urta tizimi qayta ko‘rib chiqilmoqda | Zamon.uz