Jahon

Afg'onistonda erkaklar va ayollar huquqlari cheklanmoqda

Tolibon hukumatining siyosati xalqaro majburiyatlardan uzoqlashtirmoqda.

Afg'onistonda erkaklar va ayollar huquqlari cheklanmoqda

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg'onistonga ko'maklashish missiyasi rahbari Roza Otunbayeva BMT Xavfsizlik Kengashi brifingida Afg'onistondagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi.

 

Otunbayeva fikriga ko‘ra, Afg‘onistondagi amaldagi hukumat nisbatan barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlagan, iqtisodiy faollikni tiklashga hissa qo‘shgan, xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirgan va diplomatik aloqalarni kengaytirgan. Shu bilan birga, mamlakatda inson huquqlarini cheklovchi siyosat davom etmoqda.

 

Otunbayeva ta’kidlaganidek, hukumatning "fazilatni tarqatish va yomonlikning oldini olish" qonuni:

  • ayollar va erkaklarning asosiy huquqlarini cheklamoqda;
  • ayollar boshchiligidagi bizneslar, gumanitar tashkilotlar va OAV faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
  • Afg‘onistonning xalqaro majburiyatlardan uzoqlashishiga olib kelmoqda.

 

U shuningdek ayollarning kundalik hayotdagi cheklovlar ostida yashayotgani haqida ham ogohlantirdi: “Ularning kurashi katta noroziliklarda emas, balki barqarorlikka tinch yo‘l bilan intilishda davom etmoqda”.

 

Diplomatning aytishicha, BMT xodimlari mahalliy terror tahdidlariga duch kelmoqda. May oyida bir necha mahalliy xodim qotillik tahdidlari olgan va ular vaqtincha evakuatsiya qilingan. Rasmiylar bu hodisalarga javobgar emasliklarini bildirgan bo‘lsa-da, qurollangan guruhlarning jazosiz harakati xavotir uyg‘otmoqda.

 

Otunbayeva Afg'onistonda so‘nggi vaqtlarda IShID-K hujumlarida sekinlashuv kuzatilganini aytdi. Biroq mintaqa davlatlari IShID va boshqa xorijiy jangari guruhlarning mavjudligidan hali ham xavotirda.

 

Shuningdek Afg‘onistonda gumanitar yordam uchun ajratilgan mablag‘lar yetarli emas. 2025-yilga mo‘ljallangan yordam rejasidan hozirgacha atigi 19 foiz moliyalashtirilgan. Shu sababli BMT missiyasi minalardan tozalash va boshqa zarur faoliyatlarni to‘liq amalga oshira olmayapti.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Afg'onistonda erkaklar va ayollar huquqlari cheklanmoqda | Zamon.uz