Jahon

MSNBC va CNN telekanallari “axlat” — Tramp

AQSh prezidenti 12 kunlik urush yakunida OAV va Eron haqida keskin bayonot bilan chiqdi.

MSNBC va CNN telekanallari “axlat” — Tramp

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida MSNBC va CNN’ni keskin tanqid qildi. U mazkur telekanallarni “axlat” deb atar ekan, ularni soxta yangiliklar tarqatishda aybladi.

 

Trampning ta’kidlashicha, ushbu ommaviy axborot vositalari uning AQSh harbiy-havo kuchlari tomonidan Eron yadroviy obyektlariga berilgan zarbalar natijasida “barcha inshootlar butunlay vayron qilindi” degan bayonotini shubha ostiga qo‘ygan.

 

“Eron hech qachon yadroviy dasturini tiklamaydi. Mutlaqo. Hammasi vayron bo‘ldi. B-2 uchuvchilari o‘z missiyasini a’lo darajada bajardi”, — dedi Tramp.

 

U, shuningdek, tanqidiy savollar bergan jurnalistlarni, zarba bergan harbiylardan uzr so‘rashga chaqirdi.

 

Ma’lumot uchun, 22-iyunga o‘tar kechasi Tramp AQSh harbiy-havo kuchlari Eronning uchta yadroviy obyektiga hujum qilganini bildirgan edi. Unga ko‘ra, bu inshootlar uranni boyitish bo‘yicha Eronning asosiy markazlari bo‘lgan.

 

Oradan ikki kun o‘tib, Tramp Eron va Isroil o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini ma’lum qildi. U 12 kunlik urush tugaganini olqishlab, “bu kelishuv katta muvaffaqiyat” ekanini ta’kidladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

MSNBC va CNN telekanallari “axlat” — Tramp | Zamon.uz