Jahon

Ukraina va Buyuk Britaniya qo‘shma dron ishlab chiqarishni boshlaydi

Zelenskiy va Starmer dronlar bo‘yicha qo‘shma loyihada kelishib oldi.

Ukraina va Buyuk Britaniya qo‘shma dron ishlab chiqarishni boshlaydi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlik va uchuvchisiz uchish apparatlari (UAV) ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.

 

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar dron va uzoq masofali UAVlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyiha boshlashga kelishib oldi. Bu esa Ukrainaga barqaror moliyaviy va texnologik yordam olish imkonini beradi.

 

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer uchrashuvni mazmunli deb atab, uni “mudofaa hamkorligini chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadam” deya baholadi.

 

Zelenskiy mazkur kelishuvni bugungi uchrashuvning samarali natijasi sifatida ta’kidladi.

custom img

Qimmatbaho sovg‘alar ishi: Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonimning qamoq jazosi qisqartirildi

Kim Geon Xi qimmatbaho sovg‘alarni mansab tayinlovlari va boshqa xizmatlar evaziga olganlikda ayblangan.

custom img

Tramp rejasi: AQSH, Daniya va Grenlandiya kelishuv imzoladi

Kelishuv AQSHning Grenlandiyadagi harbiy infratuzilmasini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

Mojaro qishdan oldin tugashi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan ishlayotganini ma’lum qilib, mojaro bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"