Jahon

Isroil endi Livanga hujum qildi

Hujum oqibatida kamida 3 kishi halok bo'ldi.

Isroil endi Livanga hujum qildi

Seshanba kuni Livan janubidagi Kfar Dajjal shaharchasida yuz bergan dron hujumida kamida uch kishi halok bo‘ldi. Livan sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hujum natijasida avtomobil nishonga olingan, qurbonlar orasida Hizbulloh bilan moliyaviy aloqadorlikda gumon qilingan erkak va uning ikki o‘g‘li bor.

 

Bu hodisa dushanba kuni Isroil tomonidan Litani daryosining shimolidagi bir nechta shaharlarga uyushtirilgan aviazarbalar ortidan ro‘y berdi. Isroil harbiylari bu hujumlar Hizbullohga tegishli raketa uchirish nuqtalari va qurol omborlariga qarshi qaratilganini bildirdi. Ammo seshanbadagi dron hujumi yuzasidan izoh bermadi.

 

Hizbulloh o‘tgan oy tuzilgan sulh shartlariga binoan Litani daryosining janubiy qismlaridan kuchlarini olib chiqqan. Biroq Isroil harbiy amaliyotlarni davom ettirmoqda. Ayni paytda Hizbulloh rasmiylari Eronni qo‘llab-quvvatlash niyatida emasliklarini aytmoqda. “Eron o‘zini o‘zi himoya qila oladi”, – degan edi Hizbulloh rasmiysi o‘tgan haftada.

 

Livan bosh vaziri Nawaf Salam esa Dohada Qatarning bosh vaziri bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Isroilning sulhni buzayotganini keskin qoraladi. “Livan hududi bo‘ylab davlat hokimiyatini tiklash ustida ishlayapmiz. Mamlakat barqarorligi uchun Isroilning to‘liq chiqib ketishi zarur, ayniqsa hali ham egallab turgan besh hududdan”, – dedi u.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Isroil endi Livanga hujum qildi | Zamon.uz