NASA’ning “o‘lik” sun’iy yo‘ldoshi uyg'ondi
U 60 yildan so‘ng yana signal yuborgan.

NASA’ning deyarli 60 yil oldin ishdan chiqqan Relay 2 sun’iy yo‘ldoshi kutilmaganda radiosignal yubordi. Bu haqda 2024-yil 13-iyun kuni Avstraliyaning Kertin universiteti olimlari xabar berishdi.
Astronomlar osmonda 30 nanosekunddan kam davom etgan noodatiy nurlanishni qayd etishdi. Tadqiqotlar uning manbayi chuqur koinot emas, balki orbitada joylashgan Relay 2 yo‘ldoshi ekani aniqladi.
Relay 2 1964-yilda uchirilgan, biroq 1965-yilning sentyabrida ishdan chiqqan. 1967-yildan beri hech qanday faollik ko‘rsatmagan sun’iy yo‘ldoshning kutilmagan signali olimlarni hayratga soldi.
Mutaxassislar bu holatni ikki xil yo‘sinda tushuntirishmoqda: yo‘ldosh elektrostatik razryad tufayli signal yuborgan, yoki mikrometeorit bilan to‘qnashuv natijasida plazma portlashi yuz bergan.







