Jahon

Xitoy yangi avtomobillarni “ishlatilgan” deb O‘zbekistonga sotmoqda

Xitoy avtosanoati “kulrang bozor” orqali eksportni sun’iy oshirmoqda.

Xitoy yangi avtomobillarni “ishlatilgan” deb O‘zbekistonga sotmoqda

 

“Reuters” agentligi xabar qilishicha, Xitoy avtosanoati hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “kulrang bozor” orqali avtomobil savdosini sun’iy oshirib kelmoqda. Ushbu amaliyotda zavoddan chiqqan “nol kilometrli” avtomobillar ro‘yxatdan o‘tkazilib, keyin ishlatilgan sifatida eksport qilinadi — jumladan O‘zbekiston bozoriga ham eksport qilinmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilib, darhol xorijiy davlatlarga “ishlatilgan” sifatida yuboriladi. Bu orqali avtomobil ishlab chiqaruvchilar ichki bozordan xalos bo'ladi va soliq hamda eksport ko‘rsatkichlarini oshiradi. Reuters suhbatga asoslangan tahlilida, bu amaliyot “narxlar urushi” natijasida aktivlashganini ta’kidlaydi.

 

AQShdagi Sino Auto Insights konsalting kompaniyasi asoschisi Tu Le shunday deydi: “Narxlar urushi natijasida kompaniyalar har qanday yo‘l bilan sotuvni qayd etishga majbur bo‘lmoqda”.

 

Shuningdek, Xitoydagi hududiy hukumatlar — Guangdong, Sichuan bu amaliyotni davlat darajasida rag‘batlantiradi: ular eksport litsenziyalarini tezlashtiradi, soliq imtiyozlari beradi va infratuzilmaga sarmoya kiritadi.

 

Great Wall Motor rahbari mail orqali bunday savdoni tanqid qilgan. “People's Daily” gazetasi ham bu amaliyotni narx urushini kuchaytiruvchi va ichki bozorda tartibsizlikka olib keluvchi omil deb atagan va qat'iy nazoratni talab qilgan.

 

Eksport qabul qiluvchi mamlakatlar orasida Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston va Rossiya hamda Yaqin Sharq mamlakatlari mavjud. Jumladan, bu davlatlar bozorida “nol kilometrli ishlatilgan” avtomobillar soni sezilarli darajada ortmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.