Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblanganlar qatl etildi
So‘nggi oylarda Isroil bilan aloqada bo‘lishda gumon qilinib, 700 dan ortiq shaxs hibsga olingan.
2025-yil 25-iyun kuni tongda Eron hukumati Isroil razvedka xizmati — “Mossad” foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan 3 nafar fuqaroni osib o‘ldirdi. Reuters’ning yozishicha, bu shaxslar noqonuniy uskunalarni mamlakatga olib kirishda va ulardan yuqori martabali shaxslarga qarshi suiqasdlarda foydalanishda gumon qilingan.
Eron hukumati bayonotiga ko‘ra, qatl etilgan shaxslar “Mossad” tomonidan yollangan va Eron hududida terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda faol ishtirok etgan. BBC ma’lumotlariga ko‘ra, o‘xshash ayblovlar bilan bir necha kun avval yana 2 kishi qatl etilgan. So‘nggi oylarda Isroil bilan aloqada bo‘lishda gumon qilinib, 700 dan ortiq shaxs hibsga olingan.
Bu hodisa Eron-Isroil o‘rtasidagi ziddiyat kuchaygan bir pallaga to‘g‘ri keldi. Isroil 13-iyun kuni Eronning yadroviy inshootlariga hujum qilganini, Eron esa 22-iyun kuni o‘ch olish maqsadida javob zarbasi berganini bildirgan. 24-iyun kuni tomonlar o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgan.







