Jahon

Indoneziyada ikki qozog‘istonlik o‘lim jazosiga hukm qilindi

Qozog‘istonning Jakartadagi elchixonasi hodisani o‘z nazorati ostida ushlab turibdi.

Indoneziyada ikki qozog‘istonlik o‘lim jazosiga hukm qilindi

Indoneziyada Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan ikki shaxs giyohvand moddalarni tarqatishda gumonlanib hibsga olindi. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular 2025-yil aprel oyida qo‘lga olingan bo‘lib, ustilaridan 49 grammga yaqin kristall metamfetamin aniqlangan. Ayni paytda tergov jarayoni davom etmoqda, boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

 

Qozog‘istonning Jakartadagi elchixonasi hodisani o‘z nazorati ostida ushlab turibdi va mahalliy tergov organlari hamda ayblanuvchilarning yaqinlari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Diplomatlar Indoneziyada amaldagi qonunchilikni inobatga olib, barcha huquqiy yordam choralarini ko‘rmoqda.

 

Indoneziya giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarga nisbatan eng qat’iy qonunlarga ega mamlakatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat qonunlariga ko‘ra, besh grammdan ortiq qayta ishlangan narkotik vosita (masalan, metamfetamin) saqlagan yoki sotgan shaxs o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin. Ayni paytda Indoneziyada 530 nafar mahkum, jumladan 96 nafar xorijlik, ana shunday jazo tahdidi ostida.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"