Nyu-York shahri meri ilk bor musulmon odam bo'lishi mumkin
Demokrat sotsialist Mamdani saylovlarda gubernator Kuomoni ortda qoldirmoqda.

Nyu-York meri lavozimiga bo‘lib o‘tayotgan demokratik partiya praymerizida kutilmagan natijalar qayd etildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, so‘l qarashlarga ega bo‘lgan va hozircha keng jamoatchilikka unchalik tanilmagan nomzod — Zohran Mamdani — saylov poygasida yetakchilik qilmoqda deb xabar beradi BBC.com nashri.
Saylov natijalari bo‘yicha ovozlarning 85 foizi hisoblangach, Mamdani 43,5 foiz ovoz bilan Nyu-York gubernatori Endryu Kuomoni (36,4 foiz) ortda qoldirgani ma’lum bo‘ldi. Saylov jarayoni reytingli ovoz berish tizimida o‘tkazilgan bo‘lib, unda saylovchilar bir nechta nomzodni ustuvorlik tartibida belgilaydilar.
Bu jarayonda eng kam ovoz to‘plagan nomzodlar har bosqichda chiqarib tashlanadi va ularning ovozlari tarafdorlari tomonidan ikkinchi o‘ringa qo‘yilgan nomzodlarga qayta taqsimlanadi. G‘olib, 50 foiz ovoz to‘plaguncha jarayon davom etadi.
Rasmiy yakuniy natijalar hali e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, Endryu Cuomo Zohran Mamdaniga qo‘ng‘iroq qilib, uni dastlabki natijalardagi ustunligi bilan tabriklagani xabar qilindi.
Ma’lumot uchun, Mamdani demokratik sotsialistlar safida faoliyat yuritib kelmoqda va Nyu-Yorkdagi musulmon jamoatchiligi orasida tanilgan. U, shuningdek, AQSh siyosatidagi taniqli so‘l yetakchilar — kongressmen Aleksandriya Okasio-Kortez va senator Berni Sandersning rasmiy ko‘magini olgan.
Uchinchi o‘rinni egallagan shahar amaldori Bred Lander o‘z tarafdorlarini Mamdanini ikkinchi raqamli nomzod sifatida belgilashga undagani ham bu natijaga sezilarli ta’sir qilgan.







