Jahon

Rossiya va Ukraina o‘rtasida navbatdagi mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi

Tomonlar “1000 kishiga 1000” formulasi asosida mahbuslarni qaytardi.

Rossiya va Ukraina o‘rtasida navbatdagi mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi

Rossiya va Ukraina o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘yicha navbatdagi bosqich muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqda TASS agentligi Rossiya muzokaralar guruhiga yaqin manbaga tayanib xabar berdi, deb yozadi Oxu.Az.

 

Manbaga ko‘ra, mazkur almashuv Istanbulda o‘tkazilgan muzokaralar doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, tomonlar mahbuslarni teng miqdorda qaytarishga kelishib olgan. “Mahbuslar almashinuvi teng bo‘ldi. Kelishuvlar davom etmoqda”, — deyiladi bayonotda.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu ma’lumotni rasman tasdiqladi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Istanbuldagi muzokaralarning ikki bosqichidan so‘ng Turkiya vositachiligida tomonlar “1000 kishiga 1000” formulasi asosida har ikki davlatdan kamida ming nafardan mahbusni almashishga kelishib olishgan. Shuningdek, og‘ir kasallar va 25 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun “hammasi hamma uchun” prinsipi asosida alohida almashuv tartibi ham nazarda tutilgan.

 

Avvalroq, Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov payshanba kuni bergan izohida, Istanbul kelishuvlaridagi hozirgi bosqich yakuniga yetganidan so‘ng uchinchi raund bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi mumkinligini bildirgan edi.

 

Mazkur almashuv urush holatidagi insoniy muammolarni yumshatish va diplomatik muzokaralarni davom ettirish borasida navbatdagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya va Ukraina o‘rtasida navbatdagi mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz