Jahon

“Isroil tarixida bunday yirik vayrongarchilik kuzatilmagan”

Isroil hukumati Eron bilan bo'lgan 12 kunlik to'qnashuvda 3 milliard dollar zarar ko'rdi.

“Isroil tarixida bunday yirik vayrongarchilik kuzatilmagan”

 

Isroil hukumati Eron bilan kechgan 12 kunlik harbiy to‘qnashuv natijasida mamlakat infratuzilmasiga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini 10 milliard shekel (taxminan 3 milliard AQSh dollari) deb baholadi. Bu haqda Bloomberg agentligi Moliya vazirligi va Isroil soliq xizmati ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, ajratiladigan mablag‘lar asosan raketalar natijasida zararlangan binolarni ta’mirlash hamda tadbirkorlik subyektlariga tovon to‘lash uchun yo‘naltiriladi.

 

“Bu — biz tarixda guvoh bo‘lgan eng jiddiy vayronagarchilik. Isroil tarixida bunday miqyosdagi zarar kuzatilmagan”, — deya ta’kidladi soliq idorasi vakili Shay Aaronovich.

 

Shu bilan birga, hisob-kitoblar faqat ko‘rinadigan zararlarni, ya’ni binolar va faoliyat yurituvchi infratuzilmaning buzilishlarini o‘z ichiga oladi. Vaholanki, foydalanilgan qurol, raketa va havo mudofaa tizimlarini yangilash xarajatlari bu summaga kiritilmagan.

 

Isroil moliya vaziri Bezalel Smotrich mojaroga doir umumiy harbiy va iqtisodiy xarajatlar 12 milliard dollarga yetishi mumkinligini aytgan bo‘lsa, Isroil Markaziy banki rahbari Amir Yaron bu ko‘rsatkichni 6 milliard dollar deb taxmin qilgan.

 

Mojaro davomida Isroilda hayotiy muhim xizmatlardan tashqari barcha maktab va ishxonalar yopilgan. Markaziy Isroil va Tel-Aviv aglomeratsiyasi singari zich aholi yashaydigan hududlar asosiy nishonlardan biriga aylangan.

 

Zarar ko‘rgan muhim obyektlar orasida mamlakatdagi eng yirik ilmiy markaz — Veyzman instituti, Hayfa neftni qayta ishlash zavodi va Isroil janubidagi shifoxonalardan biri ham bor.

 

Isroil rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, mojaro davomida 28 kishi halok bo‘lgan, 1300 dan ortiq fuqaro jarohat olgan. Eron esa o‘z navbatida 627 kishi qurbon bo‘lganini da’vo qilmoqda.

 

Garchi Isroil eng ilg‘or havo hujumidan mudofaa tizimlariga ega bo‘lsa-da, raketalarning 10–15 foizini to‘liq to‘xtatib qolish imkonsiz bo‘lgan. Ballistik raketalar katta hajmda vayronagarchilik keltirgan.

 

Mojaro 13-iyun kuni Isroil tomonidan Eronga qarshi ilk dron va raketa hujumi bilan boshlangan va 24-iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp vositachiligida e’lon qilingan sulh bilan yakunlangan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“Isroil tarixida bunday yirik vayrongarchilik kuzatilmagan” | Zamon.uz