Jahon

“O‘g‘irlagan pullaringni o‘n barobar qilib qaytarasanlar”

Qirg’iziston prezidenti davlat xizmatida ishlayotganlarga qat’iy murojaat bilan chiqdi.

“O‘g‘irlagan pullaringni o‘n barobar qilib qaytarasanlar”

 

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakatdagi korrupsiya holatlari yuzasidan davlat xizmatida ishlayotganlarga qat’iy murojaat bilan chiqdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qilgan bayonotida ma’lum qildi.

 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yilning sentabr oyidan boshlab davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilgan loyihalar – jumladan qurilish ishlari va asfalt yo‘llarni o‘z ichiga olgan tekshiruvlar boshlanadi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun mutaxassislar ishtirokida respublika miqyosida komissiyalar tuziladi.

 

“Kim davlat mablag‘ini o‘zlashtirgan bo‘lsa, o‘g‘irlangan summaning o‘n baravarini qaytaradi va jazoga tortiladi. Bu jarayonni bevosita o‘zim nazorat qilaman. Lavozimi, kimligi, mansabdorligi muhim emas – qonun barchaga barobar”, — dedi Japarov.

 

Shuningdek, Prezident halol mehnat evaziga olinadigan rasmiy maoshdan norozilarni davlat xizmatidan ketib, xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga da’vat etdi.

 

“Oldingi davrlar tugadi. Endi kim nimani qilayotganini aniqlaymiz. Davlat sizga ishonib topshirgan mablag‘lar talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

“O‘g‘irlagan pullaringni o‘n barobar qilib qaytarasanlar” | Zamon.uz