Jahon

Tramp Nyu-York meri bo‘lishi kutilayotgan musulmon nomzodni haqorat qildi

33 yoshli Zohran Mamdani Nyu-York merligi uchun dastlabki saylovlarda g'alaba qozongan.

Tramp Nyu-York meri bo‘lishi kutilayotgan musulmon nomzodni haqorat qildi

 

Donald Tramp Nyu-York meri lavozimi uchun demokratlar safidan ilgari surilgan nomzod Zohran Mamdani haqida ijtimoiy tarmoqlarda keskin fikr bildirdi. U Truth Social platformasida e’lon qilgan postida Mamdani haqida “100 foiz aqldan ozgan kommunist” degan iborani ishlatdi.

 

“Nihoyat, demokratlar chiziqni kesib o‘tishdi. 100 foiz aqldan ozgan kommunist Zohran Mamdani Dempartiyaning boshlang‘ich bosqichida g‘alaba qozondi va endi shahar meri bo‘lish arafasida. Oldin ham radikal chaplar bo‘lgan, lekin bu safar bu holat kulgili tus oldi”, — deya yozdi Tramp.

 

Ma'lum qilinishicha, 33 yoshli demokratik sotsialist Zohran Mamdani seshanba kuni kechqurun Nyu-York merligi uchun dastlabki saylovda g‘alaba qozonganini e’lon qilgan. U ilgari Nyu-York shtati gubernatori bo‘lgan Endryu Kuomo iste’foga chiqqanidan so‘ng siyosiy maydonga faol kirib kelgan.

 

Biroq, saylov natijalarining yakuniy holati hali reytingli ovoz berish tizimi orqali aniqlanadi. Agar natijalar tasdiqlansa, Mamdani Nyu-York tarixidagi birinchi musulmon va hind-amerikalik mer bo‘ladi.

 

Ekspertlar ta’kidlashicha, liberal kayfiyat kuchli bo‘lgan Nyu-Yorkda partiya ichidagi boshlang‘ich saylovlar ko‘pincha noyabr oyidagi yakuniy saylov natijasini belgilab beradi.

 

Ma’lumot uchun, hozirda Nyu-York shahar meri lavozimini Erik Adams egallab turibdi. U 2022-yil yanvar oyidan buyon shahar rahbari hisoblanadi va 110-mer sifatida faoliyat yuritmoqda.

Rossiyada o'lat xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Rossiyada o'lat xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQSh elchixonasi Rossiyadagi amerikaliklar uchun sog‘liq bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi.

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Harbiy yoshdagi erkaklar uchun xorijga chiqish cheklanganiga qaramay, Ukrainani tark etayotganlar soni ortmoqda.

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin

Anqara to‘rtta muhim gaz va elektr energiyasi inshootini havo mudofaasi tizimlari yordamida himoya qilishda ishtirok etadi.

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Vizasiz qatnov faqat havo yo‘llariga emas, quruqlikdagi xalqaro chegara o‘tish punktlariga ham tatbiq etiladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Tramp Nyu-York meri bo‘lishi kutilayotgan musulmon nomzodni haqorat qildi | Zamon.uz