Marsda yashash uchun eng qulay hudud topildi
Odamlar Marsga yaqin o‘n yillikda borishi mumkin.

Olimlar Marsda odamlar yashashi mumkin bo‘lgan eng ideal joyni aniqlashdi. Bu Amazon tekisligi deb ataladigan vulqonli hududdir.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bu yerda katta miqdorda suv muz holida saqlanmoqda, bu esa kelajakdagi astronavtlar uchun muhim manba bo‘ladi.
Avvalgi tadqiqotlarda Marsdagi birinchi astronavtlar suvga bo‘lgan ehtiyoj eng asosiy muammo bo‘lishini ta’kidlagan edi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, odamlar Marsga yaqin o‘n yillikda borishi mumkin.
NASA va boshqa kosmik agentliklar bu hududda yashash sharoitlarini o‘rganish uchun turli qurilmalarni yuborishni rejalashtirmoqda.







