Jahon

Qozog‘istonda prezident topshirig‘i asosida jurnalistlarga yangi uylar berildi

Qozog‘istonda bu an’ana 3 yildan beri davom etib kelmoqda.

Qozog‘istonda prezident topshirig‘i asosida jurnalistlarga yangi uylar berildi

2025-yil 28-iyun kuni Ostona shahrida Qozog‘istonda Ommaviy axborot vositalari (OAV) xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Qosim Jo‘mart To‘qaev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Dara” fondi tomonidan jurnalistlar va boshqa media sohasi vakillariga 66 ta yangi uy topshirildi.

 

“Dara” fondining ma’lum qilishicha, uy-joy bilan ta’minlash tashabbusi mamlakatda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash va fuqarolarning farovonligini oshirishga qaratilgan davlat siyosatining muhim qismi sanaladi.

 

So‘nggi uch yil ichida:

 

2023-yilda 65 nafar OAV xodimiga bepul mulk topshirildi;

 

2024-yilda — 68 ta;

 

2025-yilda esa — 66 nafar jurnalist va media mutaxassisi yangi uylarga ega bo‘ldi.

 

Tadbirda Prezident matbuot kotibi, maslahatchi Ruslan Jeldibay ham so‘zga chiqib, bayram bilan tabriklab shunday dedi: “Prezident To‘qaev topshirig‘i asosida uchinchi yildirki, bu an’ana davom etmoqda. Bu davlat rahbarining mahalliy OAVga bo‘lgan doimiy e’tibori va e’tirofidir. Bu yilgi uylar nafaqat jurnalistlarga, balki rejissyorlar, operatorlar, korrektorlarga ham topshirildi. Shuningdek, ko‘p farzandli va nogiron farzand tarbiyalayotgan oilalarga ham alohida e’tibor qaratildi”.

 

Uy-joy sertifikatlari davlat va xususiy OAV vakillariga topshirilgan bo‘lib, ular orasida muharrirlar, kameramanlar, ssenariy mualliflari, texnik mutaxassislar hamda tajribali jurnalistlar mavjud.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"