Rossiya xalqaro futbol musobaqalariga qaytishi mumkin
Bu haqida Rossiya futbol ittifoqi rahbari Aleksandr Dyukov bayonot berdi.

Rossiya futbol ittifoqi rahbari Aleksandr Dyukov Rossiya terma jamoalari va klublari xalqaro turnirlarga ishtirok etishi tez orada qayta tiklanishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda u jurnalistlarga bergan bayonotida ma’lum qildi deb yozadi gazeta.ru nashri.
"Rossiya jamoalarining xalqaro maydonga qaytishi uchun hozirda zarur shart-sharoitlar shakllanmoqda. 2025-yil oxirigacha bu borada tegishli qarorlar qabul qilinishi ehtimoldan xoli emas", — dedi Dyukov.
Avvalroq FIFA va UEFA Rossiyani sportdagi bir qator voqealar sabab xalqaro musobaqalardan chetlatgan edi. Shunga qaramay, Rossiya futbol rahbariyati global sport maydoniga qaytish uchun muloqot va diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda.







