Jahon

AQShda siyosiy sulola davri boshlanadimi?

Trampning o‘g‘li prezidentlikka nomzod bo‘lishi mumkinligini aytdi.

AQShda siyosiy sulola davri boshlanadimi?

 

AQSh prezidenti Donald Trampning o‘g‘li — Erik Tramp kelajakda o‘zi yoki oilaning boshqa a’zosi prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkinligini istisno etmadi. Bu haqda u Financial Times nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi deb yozadi oxu.az nashri.

 

“Men bugungi siyosatchilarning yarmidan hayratga tushmayman. Ishonchim komilki, o‘zim ancha yaxshi ish qila olaman”, — deydi 41 yoshli Erik Tramp. Biroq u shu bilan birga, siyosiy lavozim egallash istagi bor-yo‘qligi haqida qat’iy fikrga kelmaganini ham tan oldi.

 

"Farzandlarim so‘nggi 10 yil ichida biz boshdan kechirgan tajribani boshlaridan kechirishsin, deb istarmidim? Bu oson savol emas. Ha deb javob bergan taqdirimda ham, siyosat yo‘liga kirish faqat menga emas, boshqa oila a’zolariga ham tegishli bo‘lishi mumkin”, — dedi u.

 

Hozirda Erik Tramp Tramp Organization kompaniyasining vitse-prezidenti hisoblanadi. U otasi Donald Tramp biznesni amalda boshqarmayotganini, barcha e’tiborini “uchinchi jahon urushining oldini olish”ga qaratganini aytib o‘tdi. “Agar otam prezidentlikka nomzodini qo‘ymaganida, ehtimol, oilamiz boyligi bugun undan ham katta bo‘lardi”, — dedi u.

 

Ma’lumot uchun, Donald Trampning jami besh farzandi bor: Donald Jr., Ivanka, Erik, Tiffani va Barron. Shuningdek, u hozirda 11 nafar nabiraning bobosi hisoblanadi.

 

Donald Tramp o‘zi ham uchinchi bor prezidentlik uchun kurashishi mumkinligini bir necha marta tilga olgan. Biroq AQSh Konstitutsiyasiga ko‘ra, bir kishi ikki muddatdan ortiq prezident bo‘lishi mumkin emas.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQShda siyosiy sulola davri boshlanadimi? | Zamon.uz