Fransiya mamlakatdagi barcha changyutgichlarni qaytarib olmoqda
Elektr changyutgichlarda xavfli ishlab chiqarish nuqsoni aniqlangan.

Fransiyada mashhur “Silvercrest” elektr changyutgichlarida xavfli ishlab chiqarish nuqsoni aniqlangani sababli, mahsulotlar bozordan chaqirib olina boshlandi. Bu haqda “Sozcü” gazetasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu nuqson butun Fransiyada sotilgan changyutgichlarda kuzatilgan. Mutaxassislar fikricha, nosozlik portlash yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shu sababli, kompaniya ushbu qurilmalarni xavfsizlik nuqtai nazaridan qaytarib olishga qaror qilgan. Aholiga changyutgichlardan foydalanmaslik va ularni zudlik bilan topshirish tavsiya etilmoqda.
Mijozlar 2025-yil 28-avgustga qadar sotib olingan mahsulotlarini do‘konlarga qaytarishlari kerak. Kompensatsiya yoki almashtirish tartibi savdo nuqtalari orqali amalga oshiriladi.







