Jahon

Germaniya va Isroil kiberxavfsizlikda strategik ittifoq tuzmoqda

“Kiber gumbaz” - Germaniya va Isroildan yangi xavfsizlik tashabbusi.

Germaniya va Isroil kiberxavfsizlikda strategik ittifoq tuzmoqda

Germaniya xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Isroil bilan yangi “Kiber gumbaz” tizimini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

 

Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrinadt Eron-Isroil o‘rtasidagi 12 kunlik keskin qarama-qarshilikdan so‘ng Tel-Avivga tashrif buyurgan ilk yuqori martabali Germaniya siyosatchisi bo‘ldi. Germaniya IIV bu tashrifni Isroilga birdamlik ifodasi va yangi strategik aloqalarni yo‘lga qo‘yish yo‘lidagi muhim qadam deb atadi.

 

Dobrinadt tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasida kibermudofaa va dronlarga qarshi texnologiyalar sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha rejalarni e’lon qildi. Unga ko‘ra:

 

Germaniya-Isroil kiber tadqiqot markazi tashkil etiladi;

 

Kiberxavfsizlik bo‘yicha tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi;

 

Dronlarga qarshi zamonaviy mudofaa tizimlari ishlab chiqiladi;

 

“Kiber gumbaz” deb ataluvchi raqamli himoya tizimi yaratiladi.

Bu tashabbus xavfsizlik tahdidlari ortib borayotgan bir paytda ikki davlat o‘rtasidagi texnologik va strategik sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Germaniya va Isroil kiberxavfsizlikda strategik ittifoq tuzmoqda | Zamon.uz