Jahon

Trampning yangi qonun loyihasi Maskni g‘azablantirdi

Uning fikricha bu loyiha AQShni qarz qulligiga olib boradi.

Trampning yangi qonun loyihasi Maskni g‘azablantirdi

Mashhur milliarder va Tesla asoschisi Ilon Mask AQSh prezidenti Donald Trampning yangi qonun loyihasiga nisbatan keskin tanqidlar bildirdi. Uning fikricha, loyiha davlat qarzining rekord darajada — 5 trillion dollarga oshishiga olib keladi va mamlakatni “qarz qulligi” tomon olib boradi.

 

"Bu tarixdagi eng katta qarz oshirilishi bo‘lib, Amerikani to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy halokat yo‘liga olib chiqadi", — deb yozdi Mask ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida deydi Oxu.Az nashri.

 

Mask qonun loyihasini "aqldan ozgan va buzg'unchi" deb atadi. U bu tashabbus millionlab ish o‘rinlarining yo‘qolishiga, iqtisodiy strategik zararlar va kelajak texnologiyalari sohalarining inqirozga yuz tutishiga sabab bo‘lishini aytdi.

 

Bundan tashqari, u qonun loyihasiga nisbatan jamoatchilik fikrini aks ettirgan so‘rovnomalarni baham ko‘rdi. Natijalarga ko‘ra, amerikaliklarning yarmi mazkur tashabbus byudjet taqchilligini yanada chuqurlashtirishiga ishonmoqda.

 

Tramp esa o‘z navbatida, bu qonunni “Katta chiroyli qonun loyihasi” deb atab, elektr transport vositalariga soliq imtiyozlarini bekor qilmoqchi. Respublikachilar esa uni 4-iyulga qadar Senatdan o‘tkazishga shoshilmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

custom img

Shifokorlar qarimoqda: JSST 2030-yilga borib tibbiyot xodimlari tanqisligidan ogohlantirdi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 122 mamlakatdagi har to‘rtinchi shifokor 55 yoshdan katta.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"