Avstriyadagi Formula-1 Gran-prisida ko‘prik trassaga qulab tushdi
To‘siqlar tezda tozalangani sabab poyga o‘z vaqtida boshlangan.

Formula-1 bo‘yicha 2025-yilgi Avstriya Gran-prisi oldidan noodatiy hodisa yuz berdi — evakuator mashinasi reklama ko‘prigiga borib urilib, uni trassaga qulatdi. Voqea Red Bull Ring trassasida Porsche Supercup musobaqasi vaqtida sodir bo‘ldi.
Reklama konstruktsiyasi, xususan Qatar Airways banneri, trassa ustidan qulab tushib, 3-burilma oldidagi yo‘lni vaqtincha to‘sib qo‘ydi. Biroq, F1 rasmiylariga ko‘ra, ko‘prik qulagan bo‘lsa-da, faqat reklama konstruksiyasiga zarar yetgan, infratuzilma va poygachilarga shikast yetmagan.
Tartibga keltirish ishlari tezda olib borilib, to‘siqlar tozalanib, poyga jadvaliga hech qanday o‘zgartirish kiritilmadi. Shunday qilib, Formula-1 Gran-prisi o‘z vaqtida boshlandi.
Poyga natijalari:
1-o‘rin: Britaniyalik Lando Norris (McLaren)
2-o‘rin: Avstraliyalik Oscar Piastri (McLaren)
3-o‘rin: Monakolik Charles Leclerc (Ferrari)
Red Bull jamoasi yetakchisi Max Verstappen esa so‘nggi burilishda Pierre Gasly sababli yuzaga kelgan sariq bayroq tufayli Q3da tezlik ko‘rsata olmay, faqat 7-o‘rinni egalladi.







