Eron Pokistonga minnatdorchilik bildirdi
AQSh va Isroilning hujumi davomida Pokiston tomoni Eronni ochiq qo‘llab-quvvatlagan.

Eron Qurolli Kuchlari boshlig‘i general-mayor Abdulrahim Musaviy va Pokiston armiyasi rahbari Osim Munir telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida Eron generali Pokistonga minnatdorchilik izhor etdi.
Musaviyning ta’kidlashicha, AQSh va Isroilning harbiy tajovuzi davomida Pokiston tomoni Eronni ochiq qo‘llab-quvvatlagan. Bu harakat Eron tomonidan yuksak qadrlangani ta’kidlandi.
Ikki tomon ham mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi. Suhbat do‘stona va konstruktiv muhitda kechgani qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, Eron va Pokiston o‘rtasida harbiy sohadagi aloqalar so‘nggi yillarda sezilarli darajada faollashgan. Bu muloqot hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.







