Telegram’da faktlarni tekshirish funksiyasi ishga tushdi
Yangi funksiya Android uchun beta-versiyada sinovdan o‘tkazilgan.

Telegram messenjerida ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish imkonini beruvchi yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu haqda “Kod Durova” Telegram kanali xabar berdi.
Hozircha Telegram rasmiy bayonot bermagan. Ammo We TON kanalida messenjer Rossiyani tark etayotgani haqida post e’lon qilingach, uning ostida “Fact Check” belgisi paydo bo‘lgan.
Ajratilgan maxsus blokda Telegram asoschisi Pavel Durov bunday bayonot bermagani ta’kidlangan. “Bu nima?” tugmasini bosganda, izoh aynan Telegram tomonidan taqdim etilgani haqida bildirishnoma chiqadi.
Yangi funksiya Android uchun beta-versiyada sinovdan o‘tkazilgan. Tekshiruvlar maxsus agentliklar orqali amalga oshiriladi, oddiy foydalanuvchilar natijalarga ta’sir ko‘rsata olmaydi.







