Jahon

Rossiyada yangi tendensiya: boy oilalar farzandlari uchun xitoylik enagalarni yollamoqda

Putin nabirasi xitoy tilida bemalol so‘zlasha olishini bildirdi.

Rossiyada yangi tendensiya: boy oilalar farzandlari uchun xitoylik enagalarni yollamoqda

 

Rossiyada boy va ta’limga e’tiborli oilalar farzandlariga xitoy tilini o‘rgatish uchun endi tobora ko‘proq xitoylik enagalarni yollamoqda. Bu haqda The New York Times nashri English Nanny agentligi asoschisi Valentin Gogolga tayanib xabar berdi.

 

Uning aytishicha, xitoy tilida so‘zlashuvchi enagalarga talab hozirda ingliz tilidagilardan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib olgan, hatto fransuz tilidagilardan o‘zib ketgan. Talab shunchalik yuqoriki, English Nanny kompaniyasi bu ehtiyojni qondirish uchun barcha resurslarini safarbar qilmoqda.

 

Xitoylik enagalarning oylik maoshi 5000 dollargacha yetadi. Bunday yondashuv — ya’ni bolalikdan boshlab xitoy tilini o‘rgatish — Rossiyadagi elit qatlam orasida ommalashmoqda. English Nanny mijozlarining ko‘pchiligi endi xitoy tilini ingliz tilidan keyingi eng muhim xorijiy til sifatida ko‘rmoqda.

 

NYT bu tendensiyani Rossiyada kuzatilayotgan umumiy “xitoylashish” jarayonining bir bo‘lagi sifatida baholaydi. Mamlakatda xitoy tiliga, Xitoyda tahsil olishga, madaniyati va mahsulotlariga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada ortgan.

 

Prezident Vladimir Putin ham bu boradagi o‘z tajribasini bo‘lishgan. U nabirasining xitoy tilida bemalol suhbatlasha olishini aytib, uning Pekinlik enaga yordamida tilni mukammal o‘rganayotganini ta’kidlagan edi.

 

G‘arb madaniyati va qadriyatlariga ko‘r-ko‘rona ergashish davri ortda qolmoqda. Endilikda Xitoy madaniyatiga yaqin bo‘lish, xitoy tilini bilish Rossiyada yangi moda va maqsadga aylangan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.

Rossiyada o'lat xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Rossiyada o'lat xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQSh elchixonasi Rossiyadagi amerikaliklar uchun sog‘liq bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi.

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Harbiy yoshdagi erkaklar uchun xorijga chiqish cheklanganiga qaramay, Ukrainani tark etayotganlar soni ortmoqda.

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin

Anqara to‘rtta muhim gaz va elektr energiyasi inshootini havo mudofaasi tizimlari yordamida himoya qilishda ishtirok etadi.

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Vizasiz qatnov faqat havo yo‘llariga emas, quruqlikdagi xalqaro chegara o‘tish punktlariga ham tatbiq etiladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

Rossiyada yangi tendensiya: boy oilalar farzandlari uchun xitoylik enagalarni yollamoqda | Zamon.uz