Jahon

Sun’iy intellekt sabab, Britaniya yoshlari uchun ish imkoniyatlari qisqarmoqda

ChatGPT global miqyosda ishsizlik darajasini 10–20 foizga oshirishi mumkin.

Sun’iy intellekt sabab, Britaniya yoshlari uchun ish imkoniyatlari qisqarmoqda

 

2022-yil noyabr oyida sun’iy intellekt asosida yaratilgan ChatGPT platformasining ommaga taqdim etilishi Buyuk Britaniya mehnat bozorida jiddiy o‘zgarishlarga olib keldi. The Guardian gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayniqsa yosh mutaxassislar uchun ish o‘rinlari deyarli uchdan bir qismga qisqargan.

 

Raqamlarga ko‘ra, hozirda mamlakatdagi boshlang‘ich darajadagi ish o‘rinlari umumiy ish bozorining atigi 25 foizini tashkil qilmoqda. 2022-yilda bu ko‘rsatkich 28,9 foiz edi. Eng keskin pasayish chakana savdo sohasida kuzatilgan — bu yo‘nalishda yoshlar uchun ish o‘rinlari soni 78 foizga kamaygan. IT sohasida 55 foiz, buxgalteriya va moliyada esa 51 foiz pasayish qayd etilgan.

 

Bunga asosiy sabab sifatida kompaniyalarning oddiy, ko‘p malaka talab qilmaydigan vazifalarni bajarishda endi amaliyotchilar yoki yangi bitiruvchilarni emas, balki sun’iy intellekt vositalarini tanlayotgani ko‘rsatilmoqda. Aynan shu omil bitiruvchilar va talabalarga ish topishni yanada mushkullashtirgan.

 

Anthropic kompaniyasi rahbari Dario Amodei esa vaziyat yanada og‘irlashishini bashorat qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin 5 yil ichida sun’iy intellekt texnologiyasi ofis ishlarining yarmidan ko‘pini avtomatlashtirib, global miqyosda ishsizlik darajasini 10–20 foizga oshirishi mumkin.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"