Tramp o'z brendi ostida cheklangan parfyumeriya liniyasini taqdim etdi
Tramp yangi parfyum bilan siyosiy brendini kuchaytirmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining “Tramp Victory” brendi ostida yangi, cheklangan miqdorda chiqarilgan hashamatli parfyumeriya liniyasini ommaga taqdim etdi. Bu haqda u shaxsiy Truth Social sahifasida ma’lum qildi deydi oxu.az nashri.
“Victory 45-47” deb nomlangan parfyum AQSh prezidentlari ro‘yxatidagi o‘zining 45 va ehtimoliy 47-raqamlariga ishora qiladi. 100 ml hajmdagi ushbu atir maxsus dizayndagi postamentda, oltindan ishlangan ikkita prezident haykalchasi ko‘rinishida taqdim etilmoqda. Narxi esa — 250 dollar.
Tramp yangi mahsulotini “g‘alaba, kuch va muvaffaqiyat” ramzi sifatida ta’rifladi. Unga ko‘ra, ushbu parfyum nafaqat erkaklar, balki ayollar uchun ham mo‘ljallangan universal mahsulotdir.







