Jahon

Turkiyada o‘rmon yong‘inlarini uyushtirishda gumonlanganlar hibsga olindi

1 iyundan beri mamlakatda 1516 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘lgan.

Turkiyada o‘rmon yong‘inlarini uyushtirishda gumonlanganlar hibsga olindi

Turkiyada o‘rmon yong‘inlarini ataylab qo‘yishda gumon qilinib, 31 kishi qo‘lga olindi. Ularning 10 nafari hibsga olingan, yana 10 nafari sud nazoratida vaqtincha ozodlikka chiqarilgan.

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an maʼlumotiga ko‘ra, 1 iyundan beri mamlakatda 1516 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘lgan, shundan 1507 tasi nazoratga olingan.

 

Yong‘inlarga qarshi kurashga 150 ga yaqin samolyot, 25 ming kishi va 6 mingga yaqin texnika jalb etilgan. Ayni damda 9 ta yong‘in hanuz davom etmoqda.

 

Erdo‘g‘an aytishicha, uchuvchisiz qurilmalar, vertolyotlar va samolyotlar yordamida jami 10 260 parvoz amalga oshirilib, 33 200 tonna suv yong‘in o‘chirishga sarflangan.

custom img

Badaxshonda "Tolibon" va Ozodlik fronti o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi

Qurolli to‘qnashuvlar kuchayishi "Tolibon" boshqaruvidan norozilik, etnik vakillik va tabiiy resurslar bilan bog‘liq muammolar oqibati sifatida baholanmoqda.

custom img

Kreml To‘qayevning Ukrainadagi mojaroni muzlatish taklifini rad etdi

Kreml To‘qayevning taklifini amaldagi sharoitda amalga oshirib bo‘lmasligini bildirdi. Rossiya bu boradagi asosiy shart sifatida o‘z maqsadlariga erishishni ko‘rsatdi.

custom img

To‘qayev Putinni Ukrainadagi urushni "muzlatish"ga chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Omskdagi muzokaralarda mojaroni "Istanbul formulasi 2.0" asosida hal etishni taklif qilib, tinchlikka buyuk davlatlar kafolati ostida erishish mumkinligini bildirdi.

custom img

Suriyada ikkita avtobus to‘qnashdi, 35 kishi halok bo‘ldi

Dayr az-Zor–Damashq avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan YTHda yana 30 kishi turli darajadagi tan jarohati oldi.

custom img

Hindistondagi “Suvaraklar” harakati ta’lim vaziri iste’foga chiqqach, norozilik namoyishlarini to‘xtatdi

Harakat hukumat barcha asosiy talablarni qabul qilganini ma’lum qildi.

custom img

Ruminiya havo hududiga kirgan yana bir dron yo‘q qilindi

Ukraina janubidagi jangovar harakatlar fonida mamlakat havo hududiga kirgan dron harbiylar tomonidan yo‘q qilingan.

custom img

“Men ketganimdan so‘ng barchangiz bankrot bo‘lasiz” — Tramp

AQSH prezidenti siyosiy faoliyati yakunlangach, ko‘plab Amerika ommaviy axborot vositalari bankrot bo‘lishini, chunki u haqida yozadigan boshqa shaxs qolmasligini aytdi.

custom img

Eron Yevropa Ittifoqini ikkiyuzlamachilikda aybladi

Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqining Tehronga qarshi yangi sanksiyalarini keskin tanqid qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"