Jahon

AQSH Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi

Tramp ma’muriyati zaxiralarni saqlash va ichki manfaatlarni ustuvor deb topgan.

AQSH Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi

AQSH Ukrainaga mo‘ljallangan ayrim qurollar yetkazib berilishini vaqtincha to‘xtatdi. Oq uy bu qarorni mamlakat harbiy zaxiralari haddan tashqari kamaygani va “Amerika manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish” zarurati bilan izohladi.

 

Politico xabar qilgan bu to‘xtatish qarori Rossiyaning Ukrainaga qarshi kuchayib borayotgan hujumlari fonida e’lon qilindi. Pentagon vakilining Associated Press’ga ma’lum qilishicha, xavfsizlik tekshiruvlari natijasida ayrim muhim qurollarning zaxirasi yetarlicha emasligi aniqlangan.

 

“Bu qaror mamlakatimiz harbiy salohiyatini saqlab qolish maqsadida qabul qilindi,” dedi Oq uy vakili Anna Kelli. “AQSH qurolli kuchlarining qudrati shubhasiz – buni Eronga bergan zarbamiz ham isbotladi.”

 

AQSH hozirgacha Ukrainaga $66 milliarddan ortiq harbiy yordam ko‘rsatgan. Biroq prezident Donald Tramp va mudofaa vaziri Pit Hegseth tomonidan olib borilayotgan yangi siyosat ko‘proq ichki ehtiyojlarga va NATOdagi ittifoqchilar zimmasiga ko‘proq mas’uliyat yuklashga qaratilgan.

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan yaqinda NATO sammiti doirasidagi uchrashuvda Tramp “Patriot” havo mudofaasi tizimlarini berish masalasini ochiq qoldirdi. Biroq Pentagonning qurol ta’minotini qisqartirish qarori Kiyev uchun og‘ir yo‘qotish bo‘lishi mumkin — ayniqsa Rossiyaning so‘nggi yirik havo hujumlari fonida.

custom img

Qizil dengizda navbatdagi xavf: Husiylar Moxa portini egalladi

Mazkur bo‘g‘oz Qizil dengiz va Aden ko‘rfazini bog‘laydi hamda Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharq o‘rtasidagi muhim dengiz savdo yo‘llaridan biri hisoblanadi.

custom img

“75 maktub” ishi: Tashiyevga qo‘yilgan ayblov o‘zgartirildi

Bishkek shahar sudi Tashiyev va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan avvalgi hukmni o‘zgartirib, “hokimiyatni kuch bilan egallash” moddasini almashtirdi.

custom img

Rossiyada migrantlarga yangi talab: ishlamaydigan oila aʼzosi ham soliq to‘laydi

Tegishli tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

custom img

Kongodagi maktab yong‘inida kamida 24 o‘quvchi halok bo‘ldi

Yong‘in oqibatida 300 ga yaqin uy ham vayron bo‘lgan.

custom img

Isroil bir hafta ichida G‘arbiy Sohilda 100 dan ortiq falastinlikni hibsga oldi

Hibsga olinganlar orasida bolalar, jurnalistlar va yaqinda mahbuslar almashinuvi doirasida ozod qilingan sobiq mahbus ham bor.

custom img

Jazoir BAA bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Jazoir bunga BAAning provokatsion harakatlari sabab bo‘lganini bildirdi.

custom img

Eron bilan mojaro 2029-yilgacha cho‘zilishi mumkin — WSJ

Mojaro 2029 yil yanvarida AQSHning navbatdagi prezidenti lavozimiga kirishganidan keyin ham davom etishi mumkin.

custom img

Tramp har bir katta yoshli amerikalikka 5 ming dollardan berishni vaʼda qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasi noyabr oyidagi oraliq saylovlardan so‘ng Kongress ustidan nazoratni saqlab qolsa, har bir voyaga yetgan AQSH fuqarosiga 5 ming dollardan dividend to‘lashni vaʼda qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"