Jahon

Buyuk Britaniya jinoyatchilarni kuzatishda tana osti texnologiyasini joriy etmoqchi

Britaniya innovatsion nazorat choralarini ko‘rib chiqmoqda.

Buyuk Britaniya jinoyatchilarni kuzatishda tana osti texnologiyasini joriy etmoqchi

 

Buyuk Britaniyada adliya tizimidagi inqirozni yengillashtirish maqsadida ilgari surilgan innovatsion g‘oyalar qatorida jinoyatchilarning terisi ostiga kuzatuv moslamalarini o‘rnatish taklifi alohida e’tiborni tortdi.

 

“The Guardian” nashriga tayanib oxu.az'ning yozishicha, ushbu g‘oyalar o‘tgan oy Londonda Adliya vaziri Shabana Mahmud rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muhokama qilingan. Unda 20 dan ortiq yetakchi texnologiya kompaniyalari ishtirok etdi. Vazir Mahmud kompaniyalarni qamoqxona tizimiga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish orqali yaqin hamkorlikka chorladi.

 

Qamoqxonalardagi joy tanqisligi, probatsiya xizmatidagi ortiqcha yuklama sharoitida, vazirlar “qamoqxonadan tashqarida qamoqxona” kontseptsiyasini ilgari surmoqda. Unga ko‘ra, jinoyatchilarni nazorat qilish uchun ularning xatti-harakatlari va joylashuvini aniqlovchi taqiladigan yoki hatto tana ostiga o‘rnatiladigan kuzatuv moslamalaridan foydalanish rejalashtirilmoqda.

 

Texnologik takliflar qatorida robot nazoratchilar va mahbuslarni tashish uchun uchuvchisiz transport vositalarini joriy etish ham mavjud.

 

Mazkur yig‘ilishda Google, Amazon, Microsoft va AQSh mudofaa tizimi bilan hamkorlik qiluvchi Palantir kabi global texnologiya gigantlari vakillari qatnashgani e’tiborga molik.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

custom img

Shifokorlar qarimoqda: JSST 2030-yilga borib tibbiyot xodimlari tanqisligidan ogohlantirdi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 122 mamlakatdagi har to‘rtinchi shifokor 55 yoshdan katta.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"