Jahon

Trampning sud da’vosi bo‘yicha Paramount kompaniyasi tovon puli to‘laydi

Trampning Kamala Xarris intervyusiga oid da’vosi 16 million dollarga hal etiladi.

Trampning sud da’vosi bo‘yicha Paramount kompaniyasi tovon puli to‘laydi

Paramount kompaniyasi AQSh prezidenti Donald Trampning Kamala Xarris bilan CBS telekanali orqali efirga uzatilgan intervyusiga oid da’vosini hal qilish uchun 16 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda point.md nashri xabar bermoqda.

 

Xabarga ko‘ra, Tramp CBS News telekanalini “60 daqiqa” dasturidagi Kamala Xarris bilan bo‘lgan intervyuni to‘liq, tahrir qilinmagan shaklda efirga uzatmaslikda ayblagan va bu orqali saylov jarayoniga aralashganlikda ayblab, dastlab 10 milliard dollar miqdorida da’vo arizasi kiritgan. Keyinchalik Tramp da’vo summasini 20 milliard dollarga oshirgan.

 

Iyun oyi oxirida The Wall Street Journal nashri vositachilar ishtirokida sud jarayonini 20 million dollarlik kelishuv orqali hal qilish taklifi bildirilgani haqida xabar bergan edi.

 

Paramount va Tramp o‘rtasidagi yakuniy kelishuvga ko‘ra, kompaniya 16 million dollar to‘lash orqali da’voni tugatishga rozi bo‘ldi. Mazkur kelishuv hali rasman sud tomonidan tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, tomonlar mojaroni murosali tarzda hal etishga yaqin turibdi.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"