AQSh jiddiy jinoyatlar uchun fuqarolikni bekor qilishni ko‘rib chiqmoqda
Milliy xavfsizlikka tahdid solganlar AQSh fuqaroligidan ajralishi mumkin.

AQSh Adliya vazirligi og‘ir jinoyatlar sodir etgan shaxslarni mamlakat fuqaroligidan mahrum etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda ABC telekanali Bosh prokuror o‘rinbosari Brett Shumeyt bayonotiga tayanib oxu.az xabar berdi.
Shumeytning ma’lumotiga ko‘ra, prokurorlarga AQSh milliy xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan shaxslar ustidan denaturalizatsiya (fuqarolikni bekor qilish) jarayonini boshlash huquqi berilgan. Jumladan, urush jinoyatlari, odam savdosi, qiynoqlar va inson huquqlarini buzish kabi og‘ir jinoyatlarda gumon qilinayotgan shaxslar fuqarolikdan mahrum etilishi mumkin.
ABC telekanalining qayd etishicha, bu qaror prezident Donald Tramp ma’muriyatining siyosiy yo‘nalishlariga mos tarzda qabul qilinmoqda va prokurorlarga bu borada keng vakolatlar taqdim etilgan.







