Jahon

AQSH Xitoyga chip texnologiyasi eksportidagi cheklovlarni bekor qildi

Synopsys, Cadence va Siemens’ga Xitoy bozoriga kirish uchun ruxsat berildi.

AQSH Xitoyga chip texnologiyasi eksportidagi cheklovlarni bekor qildi

 

AQSH Xitoyga chip ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan dasturlar eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda Bloomberg nashriga tayanib kommersant.ru xabar berdi.

 

Xususan, Donald Tramp ma’muriyati davrida Xitoyga EDA (Electronic Design Automation) dasturlarini — ya’ni chip loyihalash tizimlarini eksport qilish uchun joriy etilgan litsenziya talablariga endi ehtiyoj qolmaydi.

 

AQSH Savdo vazirligi bu o‘zgarish haqida Synopsys, Cadence hamda Siemens kabi yetakchi texnologik kompaniyalarga rasmiy ravishda ma’lum qilgan. Siemens allaqachon Xitoydagi faoliyatini qayta tiklagan bo‘lsa, qolgan kompaniyalar ham eksport jarayonini yo‘lga qo‘yish bosqichida.

 

Mazkur choralar AQSH va Xitoy o‘rtasida erishilgan yangi savdo kelishuvi doirasida amalga oshirilmoqda va texnologik cheklovlarni yumshatishga qaratilgan. AQSH, o‘z navbatida, Xitoydan nodir yer elementlari va boshqa muhim minerallar eksportini jadallashtirishni talab qilmoqda.

 

Ma’lumot uchun, avvalgi eksport cheklovlari aynan Xitoy tomonidan nodir yer elementlarining yetkazib berilishi cheklangani ortidan joriy etilgan edi. Endilikda esa tomonlar o‘zaro savdoni tiklash va muhim texnologiyalar almashinuvida muvozanatli yondashuvga erishishga intilmoqda.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"